Gazobeton haqida batafsil
Gazobeton haqida batafsil
Gazobeton (avtoklavlangan gazobeton) bu yengil, yuqori issiqlik izolyatsiyasiga ega, mustahkam va ekologik toza qurilish materiali bo‘lib, bugungi kunda zamonaviy qurilish sanoatida keng qo‘llanilmoqda. Ushbu material kvars qumi, sement, ohak, alyuminiy kukuni va suv aralashmasidan tashkil topadi. Mustahkamlikka erishish uchun maxsus avtoklav pechlarida yuqori bosim ostida tayyorlanadi.
Gazobeton afzalliklari
Yengillik
Oddiy betonga qaraganda ancha yengil, bu esa transport va qurilish xarajatlarini kamaytiradi
Issiqlik izolyatsiyasi
Gazobeton yuqori darajadagi issiqlikni saqlash xususiyatiga ega, bu esa qishda issiqlikni, yozda salqinlikni taʼminlaydi
Mustahkamlik
Yengil bo‘lishiga qaramay, gazobeton yaxshi yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega va uzoq muddatga chidamli
Mustahkamlik
Gazobeton yong‘inga bardoshli bo‘lib, yuqori haroratga chidamli, xavfsizligini taʼminlaydi

Oson ishlov berish
Kesish, teshish va shakllantirish oson bo‘lib, qurilish jarayonini soddalashtiradi va vaqtni tejaydi
Ekologik tozaligi
Tarkibida zararli moddalar yo‘q, inson salomatligiga xavfsiz va ekologik toza material
Mukammal tovush izolyatsiyasi
Tovushlarni yaxshi yutib, binoda tovush izolyatsiyasini taʼminlaydi
Namlikka chidamliligi
Gazobeton mog‘or paydo bo‘lishining oldini oladi